ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

YOSHLARNI DESTRUKTIV G‘OYALAR TA’SIRIDAN HIMOYA QILISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Aliev, To‘lqinbek Abduholiqovich; Alieva, Nazokatxon Umarali qizi

Farg‘ona viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

2026-08-04 · pp. 91–104 · DOI: 10.5281/zenodo.21743281 · UDK 37

Annotatsiya

Mazkur maqolada globallashuv va raqamli axborot makonining kengayishi sharoitida yoshlarning destruktiv g‘oyalar ta’siriga tushish xavfini kamaytirishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilingan. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, pedagogik profilaktika, mediasavodxonlik va ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlashning samarali usullari taklif etilgan. Muallif tomonidan yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilishning kompleks pedagogik modeli ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: destruktiv g‘oya, pedagogik mexanizm, mafkuraviy immunitet, mediasavodxonlik, tarbiya, axborot xavfsizligi, yoshlar siyosati, profilaktika, tanqidiy fikrlash.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi