"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
“OLIY TA’LIMDA GENDER MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI”
Farg’ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida gender madaniyatini takomillashtirishning psixologik asoslari tahlil qilinadi. Gender madaniyatining shaxsning kognitiv, emotsional-qadriyatli va xulq-atvoriy jihatlari bilan bog‘liqligi yoritiladi. Talabalarda gender tengligi, o‘zaro hurmat, empatiya, tolerantlik, refleksiya, psixologik moslashuvchanlik va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishning ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, gender stereotiplarining talabalarning o‘zini baholashi, kasbiy motivatsiyasi, ta’limiy faolligi va shaxsiy rivojlanishiga ta’siri ochib beriladi. Sandra Bemning gender sxemasi nazariyasi, Alice Eaglyning ijtimoiy rollar nazariyasi, Carol Gilliganning axloqiy rivojlanish konsepsiyasi hamda Joan Scottning genderga oid ilmiy qarashlari asosida oliy ta’limda gender madaniyatini takomillashtirishning psixologik-pedagogik yo‘nalishlari belgilangan.
Kalit so'zlar: gender madaniyati, gender tengligi, gender sezgirligi, psixologik omillar, gender stereotiplari, empatiya, tolerantlik, refleksiya, oliy ta’lim, kasbiy rivojlanish.