TAYANCH-HARAKAT TIZIMI NUQSONI BOR O‘QUVCHI YOSHLARDA PARAYENGIL ATLETIKA SPORT MASHG‘ULOTLARI JARAYONIDA UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIKNI BAHOLASH KRITERIYALARI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Maqolada tayanch-harakat tizimi nuqsoniga ega o‘quvchi yoshlarda parayengil atletika mashg‘ulotlari jarayonida umumiy jismoniy tayyorgarlikni baholash mezonlari o‘rganilgan. Tadqiqotning dolzarbligi nogironligi bo‘lgan yoshlarni adaptiv sportga jalb etish, ularning jismoniy rivojlanishini ob’ektiv baholash va individual yondashuv asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish zarurati bilan belgilanadi. Ishda maxsus adaptatsiya qilingan testlar tizimi ishlab chiqilib, kuch, tezlik, chidamlilik, moslashuvchanlik va muvofiqlashuv qobiliyatlarini baholash kriteriyalari asoslab berilgan. Olingan natijalar parayengil atletika mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishga, o‘quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniq monitoring qilishga va individual rivojlanish dasturlarini tuzishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari maxsus jismoniy tarbiya, adaptiv sport va inklyuziv ta’lim amaliyotida qo‘llanilishi mumkin.
Kalit so'zlar: parayengil atletika, tayanch-harakat tizimi nuqsoni, o‘quvchi yoshlar, umumiy jismoniy tayyorgarlik, baholash mezonlari, adaptiv sport, maxsus testlar.