“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
KUCHSIZ-SINGULYAR INTEGRAL OPERATORLAR UCHUN SHARTLANGAN ITERATSION METODLARNI TADQIQ QILISH
texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent, FarDU
1-bosqich tayanch doktorant, FarDU
Annotatsiya
Mazkur ishda kuchsiz-singulyar yadroli ikkinchi tur Fredgolm integral tenglamalarini sonli yechish masalasi qaraladi. Integral operatorlarni diskretlashtirish natijasida hosil boʻladigan chiziqli algebraik sistemalarni yechishda shartlangan iteratsion metodlarning samaradorligi oʻrganiladi. Diskret sistemalarning spektral xossalari, shartlanganlik darajasi hamda shartlashning iteratsion jarayonlar yaqinlashishiga taʼsiri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kuchsiz-singulyar integral operatorlar uchun samarali sonli algoritmlar yaratishda nazariy asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Kalit so'zlar: Fredgolm integral tenglamasi, kuchsiz-singulyar yadro, integral operator, diskretlashtirish, iteratsion metod, shartlash, GMRES, BiCGSTAB.