ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

BUZILADIGAN YUQORI JUFT TARTIBLI XUSUSIY HOSILALI DIFFERENSIAL TENGLAMA UCHUN LOKAL SHARTLI BOSHLANGʻICH-CHEGARAVIY MASALA

Tolipov, Nodirjon Isaqovich

Fargʻona davlat universiteti tayanch doktaranti

2026-06-26 · pp. 49–53 · DOI: 10.5281/zenodo.21741469 · UDK 51

Annotatsiya

Ushbu ishda toʻrtburchak sohada vaqt oʻzgaruvchisi boʻyicha ham, fazo oʻzgaruvchisi boʻyicha ham buziladigan, kichik tartibli hadga ega boʻlgan yuqori juft tartibli xususiy hosilali differensial tenglama uchun boshlangʻich-chegaraviy masala qoʻyilgan va oʻrganilgan. Masala yechimining yagonaligini isbotlash uchun energiya integrallari usulidan foydalanilgan. Spektral analiz va Grin funksiyasi usullaridan foydalangan holda oʻrganilayotgan masalaning yechimi Furye qatori koʻrinishida qurilgan. Grin funksiyasining koeffitsiyentlari ixtiyoriy n uchun topilgan. Yechim uchun baho olingan, undan berilgan funksiyalarga uzluksiz bogʻliqlik kelib chiqadi.

Kalit so'zlar: buziladigan tenglama, vaqt boʻyicha buzilish, boshlangʻich-chegaraviy masala, oʻzgaruvchilarni ajratish usuli, spektral masala, Grin funksiyasi usuli, Furye qatori.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi