"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TA’LIM KONSEPTINING BADIIY ADABIYOTDA BERILISHI (INGLIZ VA O‘ZBEK ADABIYOT NAMUNALARI MISOLIDA)
Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada ta’lim konsepti badiiy adabiyotdagi aks ettirilishining nazariy va amaliy jihatlari ingliz va o‘zbek adabiyoti namunalari misolida tahlil etiladi. Ta’lim tushunchasining madaniy-ma’naviy asoslari, ijtimoiy ahamiyati va estetik ifoda vositasi sifatida adabiy matnlarda qanday tarzda ifodalanishi o‘rganiladi. Ingliz adabiyotidan Charlz Dikkens, Djordj Oruell, va Mark Tven asarlari, o‘zbek adabiyotidan esa Abdulla Qodiriy, G’afur G’ulom va Erkin Vohidov ijodidagi namunalar asosida ta’limning ijtimoiy, axloqiy va ma’rifiy qatlamlari yoritiladi. Maqola doirasida konseptual tahlil, lingvokulturologik yondashuv va komparativ metodlar asosida adabiy namunalarda ta’lim g’oyasining badiiy ifodalanish shakllari ochib beriladi. Xulosa qismida esa ingliz va o‘zbek adabiyotidagi mushtarakliklar va milliy xususiyatlar asosida ta’lim konseptining adabiy funksiyalari haqida umumlashtirilgan fikrlar keltiriladi.
Kalit so'zlar: ta’lim konsepti, badiiy adabiyot, ingliz adabiyoti, o‘zbek adabiyoti, lingvokulturologiya, konseptual tahlil, komparativ yondashuv, ma’rifiy g’oya, adabiy obraz, axloqiy tarbiya.