ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

INGLIZ VA O‘ZBEK ERTAK MATNLARIDAGI AKSIOLOGIK BINAR OPPOZITSIYALARNING QIYOSIY TADQIQI

Yusupova, Omina Muxammadzoir qizi

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Farg‘ona davlat universiteti (DSc) doktoranti

2026-08-04 · pp. 199–202 · DOI: 10.5281/zenodo.21743459 · UDK 811.111

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek xalq ertaklari matnlarida uchraydigan aksiologik binar oppozitsiyalar qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ertaklarda aks etgan ezgulik va yovuzlik, halollik va yolg‘onchilik, donolik va nodonlik, mehnatsevarlik va dangasalik, saxovat va xasislik, adolat va zulm kabi qadriyatlarga asoslangan qarama-qarshiliklarning lingvistik hamda lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot davomida qiyosiy-tipologik, semantik, kontekstual va aksiologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek ertaklarida uchraydigan aksiologik binar oppozitsiyalar umuminsoniy qadriyatlarni ifodalash bilan birga, har bir xalqning o‘ziga xos milliy-madaniy dunyoqarashi hamda axloqiy mezonlarini ham namoyon etadi. Tadqiqot natijalari qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik, lingvokulturologiya, matn lingvistikasi hamda aksiologik tadqiqotlarni rivojlantirishga ilmiy hissa qo‘shadi.

Kalit so'zlar: aksiologiya, binar oppozitsiya, xalq ertaklari, qiyosiy tahlil, lingvokulturologiya, qadriyat, o‘zbek xalq ertaklari, ingliz xalq ertaklari.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi