"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TURIZM EKSPORTINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI BRENDINGNING O‘RNI
Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi MCH mutaxassisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada turizm eksportini rivojlantirishda raqamli brendingning ahamiyati, xalqaro turizm bozorida mamlakat imijini shakllantirishdagi o‘rni hamda zamonaviy raqamli marketing vositalarining samaradorligi tahlil qilingan. Raqamli platformalar orqali milliy turizm brendini yaratish, xorijiy turistlar ishonchini oshirish va turizm xizmatlari eksportini kengaytirishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi va O‘zbekiston sharoitida raqamli brendingni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: turizm eksporti, raqamli brending, xalqaro biznes, turizm marketingi, SMM, milliy brend, raqamli marketing, turizm xizmatlari.