ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

GLYCYRRHIZA GLABRA (SHIRINMIYA) O‘SIMLIGINING KIMYOVIY VA ELEMENTAR TARKIBI, XALQ TABOBATIDAGI O‘RNI

Asqarov, Ibrohimjon Rahmonovich; Xoldarov, Ilyosjon Ibroximjon o‘g‘li; Mamatqulova, Surayyoxon Abdusamatovna

Andijon Davlat Universiteti, Kimyo fanlari doktori, professor
Farg‘ona davlat universiteti, tayanch doktarant
Farg‘ona davlat universiteti, k.f.d., professor

2026-08-04 · pp. 105–107 · DOI: 10.5281/zenodo.21743453 · UDK 54

Annotatsiya

Ushbu maqolada xalq orasida shirinmiya nomi bilan tanilgan Glycyrrhiza glabra o‘simligining xalq tabobatidagi ahamiyati va kimyoviy tarkibi chuqur o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida ushbu o‘simlikning ildizlari va yer usti qismlaridan shifobaxsh xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan. Ayniqsa, o‘simlik tarkibidagi triterpenoid saponinlar (glitsirrizin), flavonoidlar va izoflavonoidlar kabi biologik faol birikmalar uning terapevtik xususiyatlarini belgilaydi. Maqolada nafas yo‘llari kasalliklari, me’da yarasi va yallig‘lanish bilan og‘rigan bemorlarni davolashda Glycyrrhiza glabra dan foydalanish usullari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu o‘simlikning keng tarqalganligi va qimmatli xususiyatlari uni zamonaviy farmakologiya va an’anaviy tibbiyot uchun muhim manbaga aylantiradi. Tadqiqot natijalari o‘simlikka asoslangan dorivor vositalarni ishlab chiqishga zamin yaratadi.

Kalit so'zlar: shirinmiya ildizi, glitsirrizin, ekstraksiya, o‘simlik xomashyosi, kimyoviy komponentlar, saponinlar.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi