"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
G‘O‘ZA AGROTSENOZLARIDA FITOPARAZITAR NEMATODALAR BIOXILMA-XILLIGINI O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada g‘o‘za agrotsenozlarida uchraydigan fitoparazitar nematodalar bioxilma-xilligini o‘rganishning nazariy asoslari tahlil qilingan. Fitoparazitar nematodalar qishloq xo‘jaligi ekinlarining muhim zararkunandalari bo‘lib, dunyoda ularning 4100 dan ortiq turi aniqlangan. Nematodalar tuproq ekotizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, agroekotizimlarning ekologik holatini baholashda bioindikator sifatida qo‘llaniladi. Maqolada nematodalar bioxilma-xilligini baholash usullari, trofik guruhlari hamda morfologik va molekulyar-taksonomik tadqiqotlarning ahamiyati yoritilgan.
Kalit so'zlar: g‘o‘za agrotsenozi, fitoparazitar nematodalar, bioxilma-xillik, tuproq ekologiyasi, bioindikator, molekulyar taksonomiya.