ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

TALABALARDA AKADEMIK STRESSNING VEGETATIV NERV TIZIMI FAOLIYATI VA KOGNITIV FUNKSIYALARGA TA'SIRI: ZAMONAVIY ADABIYOTLAR TAHLILI

Anvarjonova, Dilfuzaxon Boqijon qizi

Farg'ona Davlat Universiteti, Biologiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

2026-08-04 · pp. 91–97 · DOI: 10.5281/zenodo.21743442 · UDK 82

Annotatsiya

Mazkur maqolada talabalarda akademik stressning vegetativ nerv tizimi faoliyati va kognitiv funksiyalarga ta'siri bo'yicha zamonaviy ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. So'nggi yillarda chop etilgan xalqaro va mahalliy tadqiqotlar asosida akademik stressning vegetativ nerv tizimi regulyatsiyasi, gipotalamus–gipofiz–buyrak usti bezi (HPA) o'qi faolligi, yurak ritmi variabelligi (HRV), uyqu sifati hamda diqqat, xotira va ijro funksiyalariga ta'siri yoritilgan. Shuningdek, akademik stressni baholashda yurak ritmi variabelligining obyektiv biomarker sifatidagi ahamiyati, stressning fiziologik mexanizmlari hamda uni kamaytirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili akademik stressning fiziologik asoslarini tizimli yoritish va ushbu yo'nalishdagi keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun nazariy asos yaratishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: akademik stress, vegetativ nerv tizimi, yurak ritmi variabelligi (HRV), kognitiv funksiyalar, HPA o'qi, kortizol, uyqu sifati, talabalar, fiziologik moslashuv.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi