"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SMARTFONLARDAGI QISQA VIDEOKONTENT (REELS VA SHORTS)NING YOSHLAR DIQQAT BARQARORLIGI VA VEGETATIV NERV TIZIMIGA FIZIOLOGIK TA'SIRI: ZAMONAVIY TADQIQOTLAR TAHLILI
Farg'ona Davlat Universiteti, Biologiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
Annotatsiya
Ushbu tezisda smartfonlardagi qisqa videokontent (Instagram Reels, YouTube Shorts va shunga oʻxshash platformalar)ni muntazam isteʼmol qilishning yoshlar diqqat barqarorligi hamda vegetativ nerv tizimi faoliyatiga fiziologik taʼsiri zamonaviy va fundamental ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili davomida qisqa videokontentlarning tez almashinuvchi vizual axboroti diqqatni boshqaruvchi neyrofiziologik mexanizmlar, dopaminergik mukofot tizimi, yurak ritmi variabelligi (HRV), vegetativ nerv tizimi faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi yoritildi. Tahlil natijalari qisqa videokontentdan meʼyoridan ortiq foydalanish, diqqat barqarorligining pasayishi, vegetativ reaksiyalarning oʻzgarishi hamda uyqu sifatining buzilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Tadqiqot natijalari ushbu yoʻnalishda eksperimental fiziologik izlanishlarni kengaytirish zarurligini asoslaydi.
Kalit so'zlar: smartfon, qisqa videokontent, Reels, Shorts, diqqat barqarorligi, vegetativ nerv tizimi, dopaminergik mukofot tizimi, yurak ritmi variabelligi (HRV), fiziologiya, dopamin, yoshlar.