"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ARXIMED UNIVERSAL TURBINASIGA ASOSLANGAN GIBRID MIKROTIZIMLARNI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA IMMITATSION MODELLASHTIRISH
O‘zbekiston milliy universiteti doktaranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada shamol energiyasi va quyosh fotoelektrik manbalari. past bosimli suv oqimini yagona gibrid qayta tiklanuvchi energiya tizimida birlashtirishga mo‘ljallangan Arximed universal turbinasining imitatsion modeli hamda energiyani boshqarish tizimi (EBT) ishlab chiqilgan. Tadqiqotning ilmiy muammosi tabiiy resurslarning stoxastikligi, daryo oqimi va meteorologik parametrlarning vaqt bo‘yicha o‘zaro bog‘liqligi, akkumulyatorning cheklangan sig‘imi hamda avtonom mikrotarmoqdagi yuklamalar ustuvorligini bir vaqtda hisobga olishdan iborat. Daryo oqimi, shamol tezligi va quyosh nurlarini qisqa muddatli prognozlash uchun tasodifiy regressiya (Random Forest Regressor) modeli asosidagi birlashtirilgan model taklif qilindi. Modelda vaqt belgilaridan tashqari yog‘ingarchilikning 3 va 7 kunlik yig‘indisi, daryo oqimining kechikkan qiymatlari, haroratning o‘rtachasi va meteorologik ko‘rsatkichlar ishlatildi. Arximed vintli gidroturbinaning quvvati energiyaning saqlanish qonuni va gidravlik bosim orqali, shamol rejimi esa oqim kinetik energiyasi orqali keltirib chiqarildi. Quyosh moduli, batareya Akkumulyatorning zaryadlanganlik darajasi (SOC) ning dinamikasi, quvvat konvertori va ko‘p bosqichli Yukalamni bosqichma-bosqich uzish algoritmi uchun boshlang‘ich hamda chegaraviy shartlar shakllantirildi. Python tilida yaratilgan imitatsion dasturiy majmua ma’lumotlar bazasi, bashorat moduli, energetik hisoblash yadrosi, EBT kontrolleri va vizualizatsiya interfeysidan tashkil topadi.
Kalit so'zlar: Arximed vintli turbina, gibrid qayta tiklanuvchi energiya tizimi, tasodifiy regressiya modeli (Random Forest Regressor), energiyani boshqarish tizimi, EMT, akkumulyatorning zaryadlanganlik darajasi (SOC), Load Shedding (Yukalamni bosqichma-bosqich uzish) algoritmi, imitatsion modellashtirish.