"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
RAXSHONA AHMEDOVA HIKOYALARIDA INSON RUHIYATI TASVIRI VA SINTAKTIK BIRLIKLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti, Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining iste’dodli vakillaridan biri Raxshona Ahmedova hikoyalarining sintaktik xususiyatlari lingvopoetik jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ijodkorning “Nomaʼlum ayol” va “Meni kechir, Kumiko!” hikoyalari tahlili asosida sodda uslub yordamida insoniy kechinmalar, empatiya va vijdon kolliziyasining badiiy ifodasi yoritib berilgan. Tahlil jarayonida parsellyatsiya, ellipsis, ritorik so‘roq gaplar, dialogik strukturalar va muallif idiostilining o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: lingvopoetika, poetik sintaksis, idiostil, parsellyatsiya, ellipsis, ritorik gap, dialogik struktura, empatiya, realizm.