"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
OʻZBEK TILIDAGI DUO JANRINING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI (J.SEARLE TAKSONOMIYASI ASOSIDA)
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti oʻqituvchisi, mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya
Mazkur tezisda oʻzbek tilidagi duo janri alqov makrotizimining (olqish-duo-tilak) tarkibiy qismi sifatida pragmatik jihatdan tahlil qilinadi. J.Searle illokutiv taksonomiyasi asosida duoning gibrid nutqiy akt tabiati - ekspressiv va direktiv kuchlarning qoʻshilishi, ikki bosqichli adresat tuzilmasi (Yaratgan - superadresat, tinglovchi - benefitsiar) hamda illokutiv kuch koʻrsatkichlari (IFID) ochib beriladi.
Kalit so'zlar: duo, alqov makrotizimi, nutqiy akt, illokutiv taksonomiya, ekspressiv, direktiv, superadresat, IFID, pragmatika.