"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
YUNUS EMRO POEZIYASI: SEMIOTIK TALQIN VA POETIK KODLAR TIZIMI
O‘ZDJTU 1- bosqich tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yunus Emro she’riyati semiotik metodologiya asosida tahlil qilinadi. Shoir poetikasida qo‘llangan tasavvufiy ramzlar, poetik kodlar tizimi hamda belgilar o‘rtasidagi semantik munosabatlar yoritiladi. Struktur-semiotik yondashuv asosida Yunus Emro lirikasida ilohiy ishq, komil inson g‘oyasi va ma’naviy kamolot konsepsiyasining badiiy ifodalanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida shoir poetikasining ko‘p qatlamli ma’no tizimi va uning turkiy tasavvuf adabiyotidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: Yunus Emro, semiotika, poetik kod, belgi, ramz, tasavvuf, poetika, struktur-semiotik tahlil, ilohiy ishq, badiiy matn, ma’no tizimi, turkiy adabiyot.