"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TONI MORRISONNING «BELOVED» VA SAID AHMADNING «UFQ» ASARLARIDA QURBON ONA TIMSOLINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TALQINI
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Annotatsiya
Mazkur maqolada Toni Morrisonning “Beloved” romani hamda Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasidagi qurbon ona tipi qiyosiy-tipologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda Seti va Jannat xola obrazlarining badiiy vazifasi, farzand taqdiri uchun qabul qilgan qarorlari, ichki psixologik kechinmalari va milliy-ma’naviy xususiyatlari o‘rganildi. Tahlil natijalari Amerika va o‘zbek adabiyotida qurbon ona tipi umumiy tipologik qonuniyatlarga ega ekanini, biroq uning milliy ifodasi har bir xalqning tarixiy va madaniy tajribasi bilan belgilanishini ko‘rsatadi. Mualliflar ona obrazini ideallashtirish emas, balki uni hal etilishi qiyin bo‘lgan axloqiy tanlov oldida tasvirlash orqali onalikning psixologik va ma’naviy mohiyatini ochib beradi.
Kalit so'zlar: qiyosiy adabiyotshunoslik, ona obrazi, qurbon ona, tipologiya, Toni Morrison, Said Ahmad, Ufq, psixologizm, milliy poetika.