"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TOHIR MALIK IJODIDA TIBBIY EKSPREMENTLARNING ILMIY-FANTASTIK TALQINI
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Tohir Malikning ilmiy-fantastik asarlarida bayon etilgan tibbiy tajribalar, boqiy umr va inson umrini uzaytirishga, shuningdek, inson miyasining imkoniyat darajasini kengaytirishga, telepatik ravishda boshqa bir odamning fikrini o‘qiy olish qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan tibbiy va texnologik jarayonlar haqida so‘z yuritilgan. Eloloma, TET (Toshkent elektron tibbiyoti), Analizator nomli fantastik qurilmalar esa ushbu farazlarni ro‘yobga chiqaruvchi vosita bo‘lib xizmat qildirilgan. Biofizika, kibernetika, astronomiya, fiziologiya, kimyo, dorishunoslik, arxeologiya kabi sohalar va shu soha olimlarining tibbiy tajribalardagi ishtiroki adib asarlariga ilmiy-fantastik pafos berganligini kuzatamiz.
Kalit so'zlar: Geliotibbiy tadqiqotlar, Husuf hodisasi, Analizator qurilmasi, Fantastik asboblar, fantastik unsurlar, telepatik jarayon, elektrod, miya, TET qurilmasi.