"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TEZAURUS VA IZOHLI LUG‘AT: UMUMIY VA FARQLI JIHATLARI
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada tezaurus va izohli lug‘atning lingvistik tabiati, tuzilishi, funksional xususiyatlari hamda ularning umumiy va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Har ikki lug‘at turi til birliklarini tizimlashtirish va foydalanuvchiga leksik ma’lumot taqdim etish vazifasini bajarsa-da, ularning maqsadi, semantik tashkil etilishi va axborot berish usulida muhim farqlar mavjud. Izohli lug‘at, avvalo, so‘z va iboralarning ma’nosini ta’riflashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tezaurus leksik birliklar o‘rtasidagi semantik munosabatlarni - sinonimiya, antonimiya, giperonimiya, giponimiya va boshqa aloqalarni tizimli ravishda namoyon etadi. Tadqiqotda tezaurus va izohli lug‘atning zamonaviy raqamli lingvistika, tabiiy tilni qayta ishlash va axborot-qidiruv tizimlaridagi ahamiyati ham yoritiladi.
Kalit so'zlar: tezaurus, izohli lug‘at, lug‘atshunoslik, leksikografiya, semantik munosabat, sinonim, antonim, giperonim, giponim, lug‘at tuzilishi.