ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Sement ishlab chiqarishda issiqlik yo‘qotishlarini ma’lumotlarga asoslangan usullar yordamida kamaytirish

Turakulov, Abror; To`raqulov, Abror

Qarshi davlat texnika universiteti

2026-08-04 · pp. 4–6 · DOI: 10.5281/zenodo.21743351 · UDK 620.9

Annotatsiya

Mazkur ishda sement klinkeri ishlab chiqarishda issiqlik yo‘qotishlari va solishtirma issiqlik sarfini kamaytirish uchun ma’lumotlarga asoslangan yondashuv taklif etilgan. Qashqadaryo viloyatidagi yillik ishlab chiqarish quvvati 1,5 mln tonna bo‘lgan sement zavodi tadqiqot obyekti sifatida qaralgan. Pech harorati, chiqindi gaz harorati, yoqilg‘i va havo sarfi hamda klinker ishlab chiqarish hajmi kabi texnologik parametrlar asosida gibrid CNN–RNN modeli ishlab chiqilgan va cheklovli optimallashtirish bilan integratsiyalangan. Hisoblash natijalariga ko‘ra, klinkerning solishtirma issiqlik sarfini 960–1000 kcal/kg dan 850–880 kcal/kg gacha, ya’ni taxminan 10–12% ga kamaytirish imkoniyati aniqlangan. Bunda CO₂ emissiyalarining 6–9% ga kamayishi baholangan. Taklif etilgan yondashuv mavjud texnologik jarayonni sezilarli o‘zgartirmasdan energiya samarador ish rejimlarini aniqlash imkonini beradi.

REDUCING HEAT LOSSES IN CEMENT PRODUCTION USING DATA-DRIVEN METHODS

This study proposes a data-driven approach to reducing heat losses and specific thermal energy consumption in cement clinker production. A representative cement plant located in the Kashkadarya region with an annual production capacity of 1.5 million tonnes is considered. A hybrid CNN–RNN model is developed using process variables including kiln temperature, exhaust gas temperature, fuel and air flow rates, and clinker production rate, and subsequently integrated with constrained optimization. The results indicate that specific heat consumption can potentially be reduced from 960–1000 to 850–880 kcal/kg clinker, corresponding to an improvement of approximately 10–12%. The associated reduction in CO₂ emissions is estimated at 6–9%. The proposed approach enables the identification of energy-efficient operating conditions without requiring substantial modifications to the existing technological process.

Kalit so'zlar: sement ishlab chiqarish, issiqlik yo‘qotishlari, ma’lumotlarga asoslangan modellashtirish, CNN–RNN, issiqlik energiyasi, optimallashtirish

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi