"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
NavDU Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi magistri
Annotatsiya
Mazkur tezisda bo‘lajak pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, zamonaviy oliy ta’lim tizimida innovatsion kompetensiyalarni rivojlantirishning ahamiyati hamda pedagogik faoliyatda raqamli texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini takomillashtirish va innovatsion ta’lim muhitini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Bo‘lajak pedagoglarning innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirish ta’lim samaradorligini oshirish hamda zamonaviy ta’lim tizimi uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashning muhim omili sifatida asoslangan.
Kalit so'zlar: innovatsion faoliyat, bo‘lajak pedagog, innovatsion kompetensiya, oliy ta’lim, pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim, interfaol metodlar, kasbiy rivojlanish.