"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZGARUVCHAN TOK UCHUN OM QONUNINI VIRTUAL LABORATORIYA ASOSIDA TEKSHIRISH
Andijon davlat universiteti, Umumiy fizika kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zgaruvchan tok zanjirlarida Om qonunini tekshirish uchun virtual laboratoriya modulidan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zgaruvchan tok elektr zanjirlari” virtual laboratoriyasi yordamida talabalar aktiv qarshilik, induktivlik va sig‘im elementlarini o‘z ichiga olgan zanjirlarda tok va kuchlanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni, faza siljishi va rezonans hodisasini o‘rganadilar. Tajribalar natijalari jadvallar va grafiklar orqali tahlil qilinib, o‘lchangan va hisoblangan qiymatlarning mos kelishi Om qonunining o‘zgaruvchan tok uchun ham o‘rinli ekanligini ko‘rsatadi. Virtual laboratoriya xavfsizlik, aniqlik va interaktivlik kabi afzalliklari bilan an’anaviy tajribalarga samarali muqobil bo‘lib, talabalarning fizikaviy tushunchalarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.
Kalit so'zlar: o‘zgaruvchan tok, Om qonuni, virtual laboratoriya, induktivlik, sig‘im, rezonans, faza siljishi, to‘la qarshilik, RLC zanjir.