ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Namangan viloyatida barqaror demografik siyosatni shakllantirishda xalqaro tajribalardan foydalanish imkoniyatlari

Xasanova, Shoira Dilmurod qizi

Namangan davlat universiteti, Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti

2026-08-04 · pp. 60–65 · DOI: 10.5281/zenodo.21743327 · UDK 32

Annotatsiya

Mazkur maqolada barqaror demografik siyosatning nazariy asoslari, uning hududiy rivojlanishdagi ahamiyati hamda xalqaro tajribalardan foydalanish imkoniyatlari Namangan viloyati misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda demografik jarayonlarning hududiy xususiyatlari, jumladan, tug‘ilish, o‘lim, migratsiya, yosh-jins tarkibi va urbanizatsiya ko‘rsatkichlari barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘un holda baholangan. Xalqaro amaliyotda Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya va Kanada tajribalari o‘rganilib, ularning Namangan viloyatining geodemografik sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari hududning demografik salohiyatidan samarali foydalanish, inson kapitalini rivojlantirish hamda hududiy rivojlanishning barqarorligini ta'minlashga qaratilgan demografik siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi.

Kalit so'zlar: barqaror demografik siyosat, geodemografiya, Namangan viloyati, xalqaro tajriba, demografik rivojlanish, migratsiya, tug‘ilish, hududiy tahlil, barqaror rivojlanish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi