"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
DORIVOR SISTANXE (CISTANCHE SALSA) O‘SIMLIGINING BIOLOGIK FAOL MODDALARI VA BIOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI”
Xorazm Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu tezisda Xorazm viloyatining cho‘l va sho‘rxok hududlarida tarqalgan sistanxe - Cistanche salsa (C.A.Mey.) Beck o‘simligining fiziologik holati hamda biokimyoviy tarkibini kompleks baholash masalalari yoritilgan. Mazkur tur xlorofill hosil qilmaydigan, suv va mineral oziq moddalarni mezbon o‘simlik ildizidan oladigan goloparazit bo‘lgani sababli uning ekologik moslanishini baholashda an’anaviy fotosintetik ko‘rsatkichlardan ko‘ra to‘qimalarning suv bilan ta’minlanishi, quruq modda miqdori, erkin prolin, eruvchan qandlar, oqsillar, lipidlarning peroksidlanish mahsulotlari, antioksidant fermentlar faolligi, aminokislotalar, vitaminlar, mineral elementlar va fenolik birikmalar muhim mezon hisoblanadi.
Kalit so'zlar: Cistanche salsa, sistanxe, cho‘l o‘simligi, goloparazit, fiziologik ko‘rsatkich, biokimyoviy tarkib, prolin, antioksidant fermentlar, flavonoidlar, vitaminlar, Xorazm viloyati.