"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
NEMIS MAQOL VA MATALLARINING O‘RGANILGANLIK DARAJASI: TARIXIY VA LINGVOKULTUROLOGIK TAHLIL
FDU, mustaqil tadqiqotchi
Annotatsiya
Mazkur maqolada nemis xalq maqol va matallarining (Sprichwörter und Redensarten) o‘rganilish tarixi hamda paremiologiya fanining shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda XIX asrdan boshlab Germaniyada maqollarni yig‘ish, tasniflash va ilmiy tadqiq etish an’analari yoritiladi. Ayniqsa, Yakob Grimm tomonidan boshlangan ilmiy izlanishlar hamda keyinchalik Karl Fridrix Vilgelm Wander va zamonaviy paremiolog olimlarning ishlari nemis paremiologiyasining rivojlanishida muhim bosqich bo‘lgani ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari nemis maqollarining nafaqat til hodisasi, balki xalqning tarixiy xotirasi, madaniy qadriyatlari va milliy mentalitetini aks ettiruvchi lingvokulturologik birlik ekanligini tasdiqlaydi.
Kalit so'zlar: nemis maqollari, paremiologiya, paremiografiya, kognitiv, qadriyat, lingvokulturologiya, xalq og‘zaki ijodi, madaniyat, maqol, matal.