ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O’ZBEK TILIDAGI INTERNET-SLENGNING ASOSIY TURLARI VA ULARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Toshpulatova, Durdonaxon G’ayratjon qizi

Mustaqil tadqiqotchi, O’zbekiston

2026-08-04 · pp. 129–131 · DOI: 10.5281/zenodo.21743314 · UDK 811.512.133

Annotatsiya

Mazkur tezisda o’zbek tilidagi internet-slengning asosiy turlari va ularning lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Internet-slengning shakllanish omillari, kelib chiqish manbalari hamda zamonaviy internet kommunikatsiyasidagi o’rni yoritilgan. Tadqiqotda internet-sleng birliklari qisqartmalar va abbreviaturalar, ingliz tilidan o’zlashgan birliklar, rus tili orqali kirgan slenglar, gibrid shakllar, emotsional-ekspressiv birliklar, orfografik-grafik o’zgarishlar hamda iborali slenglar kabi asosiy turlarga tasniflandi. Shuningdek, ularning yasalish xususiyatlari, kommunikativ vazifalari va o’zbek tili leksik tizimidagi o’rni tavsifiy-tahliliy hamda qiyosiy metodlar asosida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari o’zbek tilidagi internet-slengni tizimlashtirish hamda zamonaviy internet kommunikatsiyasining lingvistik xususiyatlarini yoritishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: internet-sleng, internet kommunikatsiyasi, sleng, leksik birlik, qisqartma, abbreviatura, gibrid sleng, o’zlashma, lingvistik tahlil, o’zbek tili.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi