"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING MA’NAVIY KOMPETENTLIGINI JADIDCHILARNING PEDAGOGIK QARASHLARI ASOSIDA SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK TA’MINOTI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Farg’ona “Temurbeklar maktablari” harbiy akademik litseyi o’qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilarining ma’naviy kompetentligini shakllantirish jarayonida jadidchilik harakati vakillarining pedagogik qarashlaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Maqolada jadid pedagoglarining ta’lim va tarbiyaga oid ilg‘or g‘oyalari, ularning didaktik ahamiyati hamda zamonaviy ta’lim jarayoniga integratsiya qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ma’naviy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minotning maqsad, mazmun, metod va vositalari ishlab chiqilgan. Natijada o‘quvchilarda milliy g‘urur, axloqiy yetuklik va ijtimoiy faollikni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: ma’naviy kompetentlik, jadidchilik, pedagogik qarashlar, didaktik ta’minot, yuqori sinf o‘quvchilari, milliy g‘urur, tarbiya.