"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA 11-SINF BITIRUVCHILARINI KASB-HUNARGA YO'NALTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Qo‘qon universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilarini raqamli ta'lim muhitida kasb-hunarga yo‘naltirishning pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlari va shaxsiy imkoniyatlarini aniqlash hamda ularni mehnat bozori ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, kasb-hunarga yo‘naltirishning pedagogik mexanizmlari, "5C" kompetensiyalar modeli, raqamli ta'lim resurslari va maktab, oila hamda ijtimoiy hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan. Muallif tomonidan kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonini tashkil etishga doir amaliy tavsiyalar ham bayon etilgan.
Kalit so'zlar: kasb-hunarga yo‘naltirish, raqamli ta'lim muhiti, pedagogik mexanizm, 5C kompetensiyalari, kasbiy kompetensiya, mehnat bozori, raqamli platformalar, bitiruvchi sinf.