"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
EKOLOGIK VA BIOLOGIK MAZMUNDAGI BILIMLARNING BO‘LAJAK SHIFOKORLAR KASBIY TAYYORGARLIGIDAGI O‘RNI VA FANLARARO INTEGRATSION IMKONIYATLARI
Central Asian Medical University, xalqaro tibbiyot universiteti
Annotatsiya
Maqolada ekologik va biologik bilimlarning bo‘lajak shifokorlar kasbiy tayyorgarligidagi o‘rni va fanlararo integratsion imkoniyatlari yoritilgan. Mazkur bilimlarning klinik tafakkur, ekologik anamnez yig‘ish, xavfni baholash, profilaktik qaror qabul qilish va “Yagona salomatlik” yondashuvini o‘zlashtirishdagi ahamiyati asoslangan. Tibbiy biologiya, genetika, biokimyo, fiziologiya, mikrobiologiya, gigiyena, epidemiologiya va klinik fanlarni gorizontal hamda vertikal integratsiyalash yo‘nalishlari tavsiya etilgan.
Kalit so'zlar: ekologik-biologik bilimlar, bo‘lajak shifokor, kasbiy tayyorgarlik, fanlararo integratsiya, klinik tafakkur, profilaktika, Yagona salomatlik, kompetensiya.