"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
IMOM ABU HOMID GʻAZZOLIY TA’LIMOTIDA FARZAND TARBIYASINING MA’NAVIY-AXLOQIY ASOSLARI VA ULARNING ZAMONAVIY PEDAGOGIKADAGI AHAMIYATI
Buxoro xalqaro universiteti magistranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Imom Abu Homid Gʻazzoliyning farzand tarbiyasiga oid ma’naviy-axloqiy qarashlari hamda ularning zamonaviy pedagogik tafakkurdagi ilmiy va amaliy ahamiyati tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida allomaning “Ihyo ulum ad-din”, “Ayyuhal valad” va boshqa asarlarida ilgari surilgan tarbiya konsepsiyalari pedagogik tahlil asosida yoritilgan. Maqolada Gʻazzoliy tomonidan ilgari surilgan qalb pokligi, axloqiy komillik, ota-onaning mas’uliyati, ustozning shaxsiy namunasi, bolaga mehr va nazorat uyg‘unligi kabi tamoyillarning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, tadqiqotda allomaning farzand tarbiyasiga doir qarashlari bugungi globallashuv, axborotlashuv va ma’naviy tahdidlar kuchaygan davr talablari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Yosh avlod tarbiyasida ma’naviy qadriyatlarning susayishi, oilaviy tarbiya masalalaridagi muammolar hamda pedagogik jarayonda axloqiy yondashuvning ahamiyati Gʻazzoliy ta’limoti asosida ilmiy asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: farzand, tarbiya, odob, axloqiy, avlod, ma’naviy tarbiya, axloqiy qadriyatlar, barkamol avlod, oilaviy tarbiya, pedagogik qarash, fazilat, milliy qadriyat, qarash, iymon-е’tiqod, g‘oya.