ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

LabVIEW virtual laboratoriyasi asosida p–n o'tish volt-amper xarakteristikasini modellashtirishning fizika ta'limidagi pedagogik imkoniyatlari

Zoirov, Sanjaridin Xolmuminovich

Samarqand davlat pedаgоgikа instiuti аssistenti

2026-08-04 · pp. 79–81 · DOI: 10.5281/zenodo.21743270 · UDK 37

Annotatsiya

Ushbu tezisda bo'lajak fizika o'qituvchilarini tayyorlashda LabVIEW virtual laboratoriya muhitidan foydalanish metodikasi bayon etilgan. Tadqiqotning maqsadi p–n o'tish volt-amper xarakteristikasini Shockley tenglamasi asosida raqamli modellashtirish hamda ushbu modelni fizika ta'limiga integratsiya qilishning pedagogik samaradorligini aniqlashdan iborat. Virtual laboratoriya LabVIEW dasturiy muhitida ishlab chiqildi va uning ishonchliligi nisbiy xatolik, mutlaq xatolik, determinatsiya koeffitsienti (R²=0,99864) hamda Pearson χ² mezoni yordamida baholandi. Pedagogik tajriba natijalari virtual laboratoriyadan foydalanish talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasi, analitik fikrlashi va eksperimental ma'lumotlarni qayta ishlash ko'nikmalarini sezilarli rivojlantirishini ko'rsatdi.

Kalit so'zlar: LabVIEW, virtual laboratoriya, fizik modellashtirish, p–n o'tish, Shockley tenglamasi, fizika ta'limi, raqamli texnologiyalar.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi