"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA REFLEKSIV, SALUTOGEN, AKSIOLOGIK VA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLARNING ILMIY-METODIK IMKONIYATLARI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada sanogen tafakkurni rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari refleksiv, salutogen, aksiologik va kompetensiyaviy yondashuvlar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Har bir yondashuvning sanogen tafakkur strukturasidagi funksional o‘rni ochib berilib, ularning integrativ tarzda qo‘llanilishi shaxsning ruhiy barqarorligi va konstruktiv fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi salohiyati asoslanadi. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanilgan. Taklif etilgan integrativ model sanogen tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlari va metodik tavsiyalar ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: sanogen tafakkur, refleksiya, salutogenez, aksiologik yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, koherentlik hissi, ruhiy barqarorlik, qadriyatlar tizimi.