"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
XORAZM VILOYATI SHOLI AGROTSENOZI FITOFAGLARI SONINI BOSHQARISHDA MUHIM AHAMIYATGA EGA BO‘LGAN BIOAGENTLAR BIOEKOLOGIYASI
Xorazm Ma’mun akademiyasi stajor tadqiqotchisi
Annotatsiya
Ushbu tezisda Xorazm viloyati sholi agrotsenozida uchraydigan asosiy fitofaglar hamda ularning sonini tabiiy ravishda cheklovchi bioagentlarning bioekologik xususiyatlari tahlil qilingan. Sholipoya suv uzunburuni, arpa minyori, qirg‘oq chivini, makkajo‘xori parvonasi, sholi chigirtkasi, shiralar va boshqa fitofaglarning o‘simlik rivojlanish bosqichlari bilan bog‘liq zarar yetkazish xususiyatlari yoritilgan. Fitofaglar sonini boshqarishda o‘rgimchaklar, xonqizilar, to‘rqanotlilar, yirtqich qandalalar, vizildoq va qisqa ustqanotli qo‘ng‘izlar, ninachilar, tuxum va lichinka parazitoidlari hamda entomopatogen mikroorganizmlarning ahamiyati asoslab berilgan. Biologik nazorat samaradorligini oshirish uchun dala chetlari va marzalaridagi foydali yashash joylarini saqlash, pestitsidlarni iqtisodiy zarar mezoni asosida qo‘llash, bioagentlar faolligini muntazam monitoring qilish va ekologik muhandislik usullarini joriy etish zarurligi ko‘rsatilgan.
Kalit so'zlar: Xorazm viloyati, sholi agrotsenozi, fitofag, zararkunanda, bioagent, entomofag, o‘rgimchak, parazitoid, yirtqich hasharot, biologik nazorat, bioekologiya, integratsiyalashgan himoya.