"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
LECIDEA FUSCOATRA SAKSIKOL LISHAYNIGINING IKKILAMCHI METABOLITLARI: DEPSID KIMYOSI VA BIOLOGIK FAOLLIK ISTIQBOLLARI
Kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) Registon Tibbiyot Texnikumi, Kimyo fani o‘qituvchisi, Farg‘ona
Annotatsiya
Ushbu maqolada saksikol muhitda o‘sadigan qobiqli lishaynik — Lecidea fuscoatra (Lecideaceae oilasi) ning ikkilamchi metabolitlari, ayniqsa depsid sinfiga mansub konfluentik kislota va uning O-metillangan hosilasi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada turning kimyoviy diagnostikasi (spot-test usullari), depsid biosintezi yo‘llari va mumkin bo‘lgan biologik faollik yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Alohida e’tibor lishaynik depsidlarining metall ionlari bilan koordinatsion birikma hosil qilish qobiliyatiga va bu turning endolishen mikobiotasi hali deyarli o‘rganilmaganligiga qaratilgan.
Kalit so'zlar: Lecidea fuscoatra, depsid, konfluentik kislota, spot-test, ikkilamchi metabolit, lishaynik kimyosi, endolishen zamburug‘lar, biologik faollik.