ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

KORXONALARDA INVESTITSION JARAYONLARNI BOSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI (FARG‘ONA VILOYATI SANOAT KORXONALARI MISOLIDA)

Siddikov, Abdusalom Abdumalikovich

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi (PhD)

2026-08-04 · pp. 77–85 · DOI: 10.5281/zenodo.21743240 · UDK 336

Annotatsiya

maqolada sanoat korxonalarida investitsion jarayonlarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishning ilmiy-amaliy yo‘nalishlari ko’rib chiqilgan. Alohida investitsion loyihalarni parokanda boshqarish amaliyotidan strategik rejalashtirish, investitsion ehtiyojlarni diagnostika qilish, loyihalarni ko‘p mezonli baholash, investitsion portfelni shakllantirish, moliyalashtirish manbalarini tanlash, risklarni boshqarish, raqamli monitoring va postinvestitsion auditni yagona tizimda birlashtiruvchi integrallashgan boshqaruv modeliga o‘tish zarurati asoslangan. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini kapital qiymati, qarz yuklamasi, pul oqimlari va risklarga chidamlilik nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha yondashuvlar taklif etilgan. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ), “Farg‘onaazot” AJ hamda Farg‘ona kimyoviy tolalar zavodi uchun differensial taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Asosiy e’tibor texnologik modernizatsiya, resurs tejamkorligi, moliyalashtirishni diversifikatsiya qilish, investitsion boshqaruvni raqamlashtirish va kapital qo‘yilmalar natijadorligini oshirishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: investitsiya, investitsion jarayon, investitsion loyiha, sanoat korxonasi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, investitsion portfel, moliyalashtirish, risk, modernizatsiya, raqamlashtirish, postinvestitsion audit, Farg‘ona viloyati.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi