"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ERKIN VOHIDOV DOSTONLARIDA XRONOTOP SHAKLLARI
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi, PhD
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot atoqli o‘zbek shoiri Erkin Vohidovning “Quyosh maskani” dostoni tahlili asosida olib borildi. Badiiy adabiyotda muhim ahamiyat kasb etgan makon va zamon muammosi buyuk rus adibi Mixail Baxtinning xronotop nazariyasiga asoslangan holda ilmiy, nazariy va amaliy jihatdan yoritib beriladi. Maqolada “Quyosh maskani” dostonidagi “Sayhun”, “cho‘l orti”,“Zuhro”, “Alifbo” xronotoplari obyekt sifatida tanlab olindi. Ushbu xronotoplar orqali asar qahramonlarining ruhiy kechinmalari, psixologik holatlari talqin etiladi.
Kalit so'zlar: xronotop, syujet, badiiy haqiqat, psixologizm, badiiy maydon, ruhiy kechinma.