ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

AYOL SUBYEKTI VA PATRIARXAL DISKURSNING POETIK DEKONSTRUKSIYASI: SYLVIA PLATHNING “THE APPLICANT” VA HALIMA XUDOYBERDIYEVANING “TOMOQ QIRISHI” SHE’RLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI

Egamova, Nigora Ustamirzayevna

O‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi (10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik) Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Namangan, O‘zbekiston

2026-08-04 · pp. 110–114 · DOI: 10.5281/zenodo.21743218 · UDK 82

Annotatsiya

Ushbu maqolada amerikalik shoira Sylvia Plathning “The Applicant” (1962) va o‘zbek xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyevaning “Tomoq qirishi” she’rlari patriarxal diskurs hamda ijtimoiy gender rollarining poetik dekonstruksiyasi nuqtai nazaridan qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganiladi. Muallifga ma’lum bo‘lishicha, ikki she’r yagona tahliliy yo‘nalish — patriarxal nazoratning ayol shaxsiga ta’siri asosida chog‘ishtirilib, ulardagi umumiy badiiy usul hamda madaniy-uslubiy tafovutlar ochib beriladi. Tadqiqotning nazariy asosini Simone de Beauvoirning immanensiya va “Boshqa” tushunchalari hamda Judith Butlerning gender performativligi nazariyasi tashkil etadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, madaniy jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki an’anada ijod qilgan shoiralar bir xil gender masalasini turli badiiy usullarda hal etadilar; bu esa ayol subyektivligi muammosining umuminsoniy mohiyatini ko‘rsatadi va qiyosiy adabiyotshunoslik uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: patriarxal diskurs, konfessional she’riyat, gender rollari, poetik dekonstruksiya, qiyosiy adabiyotshunoslik, ayol subyektivligi, immanensiya, performativlik, Plath, Xudoyberdiyeva.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi