"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Said Rizo Alizoda ijodining o‘rganilish tarixi va undagi munozarali masalalar
Annotatsiya
Mazkur maqolada Said Rizo Alizodaning pedagogik, jurnalistik va ijtimoiy faoliyatini o‘rganish tarixi tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi 1964-yildan bugungi kungacha yaratilgan ilmiy adabiyotlarni umumlashtirish hamda mavjud tadqiqotlarda uchraydigan faktologik nomuvofiqliklarni aniqlash va tasniflashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil va manbashunoslik usullaridan foydalanildi: birlamchi manbalar (muallifning o‘z maqolalari, avtobiografik ma’lumotlar) ikkilamchi adabiyotlar (monografiya, dissertatsiya va ilmiy maqolalar) bilan qiyoslandi. Tahlil natijasida ma’rifatparvar olim tamonidan yuritilgan jurnalning nashr tili, olimning tahsil olgan joyi, ayrim voqealarning sanasi, taxalluslari va iqtibos manbalariga oid bir qator ziddiyatlar aniqlandi. Xususan, “Shu’lai inqilob” jurnalining tojik tilida chop etilgani haqidagi ma’lumot muallifning o‘z e’tirofiga zidligi, shuningdek, olimning tahsil joyi xususida turli manbalarda turlicha ma’lumotlar berilgani ko‘rsatildi. Maqola natijalari jadidshunoslik sohasidagi keyingi izlanishlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
The history of research on Sayid Rizo Alizoda’s legacy and its controversial issues
This article provides a systematic analysis of the history of research on Sayid Rizo Alizoda's pedagogical, journalistic, and social activities. The purpose of the study is to summarize the scholarly literature produced from 1964 to the present day and to identify and classify the factual inconsistencies found in existing research. The study employed historical-comparative analysis and source-study methods: primary sources (the author's own articles and autobiographical materials) were compared with secondary literature (monographs, dissertations, and scholarly articles). The analysis revealed a number of discrepancies concerning the language of publication of the journal edited by the enlightener, his place of education, the dating of certain events, his pseudonyms, and citation sources. In particular, it was shown that the claim regarding the publication of the journal "Shu'lai Inqilob" in Tajik contradicts the author's own acknowledgment, and that various sources provide differing accounts of his place of study. The findings of the article may serve as a methodological basis for further research in Jadid studies.
Kalit so'zlar: Said Rizo Alizoda, jadidchilik, tarixshunoslik, publitsistika, biografik tadqiqot.