"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ISSIQXONA SHAROITIDA BULG‘OR QALAMPIRI O‘SIMLIGINING NEMATODALAR FAUNASI
Termiz davlat universiteti
Annotatsiya
Maqolada Surxondaryo vohasida issiqxona sharoitida bulg‘or qalampiri (Capsicum annuum L.) o‘simligida uchrovchi nematodalar faunasi tahlil qilingan. Tadqiqotlar natijasida bu o‘simliklardan 2 ta sinf, 4 ta kenja sinf, 7 ta turkum, 12 ta kenja turkum, 17 ta katta oila, 29 ta oila, 32 ta kenja oila, 40 ta avlodga mansub 76 turdagi nematodalar uchraganligi qayd etilgan.
Kalit so'zlar: fitonematodalar, issiqxona, bulg‘or qalampiri, fauna, ildiz, ildiz atrofidagi tuproq.