"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BOLALAR NUTQINI KORPUS LINGVISTIKASI NUQTAYI NAZARIDAN O‘RGANISH
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu tezisda bolalar nutqini korpus lingvistikasi metodlari asosida o‘rganish masalalari yoritilgan. Bola tilining rivojlanish bosqichlari, uning leksik-grammatik xususiyatlari zamonaviy korpus texnologiyalari yordamida qanday tahlil qilinishi mumkinligi asoslab berilgan. Tadqiqotda CHILDES kabi xalqaro bolalar nutqi korpuslari, ularning tuzilishi va annotatsiya tizimlari ko‘rib chiqilgan, shuningdek o‘zbek tilida bolalar nutqi korpusini yaratish istiqbollari muhokama qilingan. Tezis natijalari bola tili ontogenezini o‘rganishda korpusga asoslangan yondashuvning nazariy va amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: korpus lingvistikasi, bolalar nutqi, til ontogenezi, CHILDES, annotatsiya, nutq korpusi, bola tili rivojlanishi.