ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

HUDUD SANOAT TARMOG‘IDA DIVERSIFIKATSIYA JARAYONLARI VA ULARNING HOZIRGI HOLATI (SURXONDАRYO VILOYАTI MISOLIDА)

Turayev, Baxrom Ergashevich

Termiz davlat universiteti

2026-08-04 · pp. 45–47 · DOI: 10.5281/zenodo.21743183 · UDK 33

Annotatsiya

Ushbu maqolada hududiy sanoat tarmoqlarini diversifikatsiyalashning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda iqtisodiy xavf-xatarlarni kamaytirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot doirasida Surxondaryo viloyatining sanoat tarkibi va tarmoqlar konsentratsiyasi darajasi Herfindahl–Hirschman indeksi (HHI) yordamida baholangan. Tahlillar natijasida viloyat sanoatida to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati kabi tarmoqlarning ulushi yuqori ekanligi, HHI qiymati 1587,5 ga teng bo‘lib, hudud sanoati o‘rtacha konsentratsiyalashganlik darajasiga egaligi aniqlangan. Maqola yakunida hudud iqtisodiyotining tashqi va ichki xavflarga bardoshliligini oshirish uchun yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi qayta ishlash, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarini yanada diversifikatsiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: Sanoat tarmoqlari, diversifikatsiya, barqaror rivojlanish, Herfindahl–Hirschman indeksi (HHI), konsentratsiya darajasi, Surxondaryo viloyati, toʻqimachilik sanoati, oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiy barqarorlik, qayta ishlash sanoati.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi