"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ANTONIM KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARDA MILLIY-MADANIY DUNYOQARASHNING AKS ETISHI: O'ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA
CAMU Central Asian Medical University, Tillar kafedrasi asisstenti
Annotatsiya
Mazkur maqolada o'zbek va ingliz tillaridagi antonim komponentli frazeologizmlarning struktur-semantik xususiyatlari va ularda aks etgan milliy-madaniy dunyoqarash lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Antonimik frazeologizmlar — yosh-qari, katta-kichik, kecha-kunduz, boshdan-oyoq (o'zbek); day and night, black and white, from head to toe (ingliz) kabi birliklar — ikki qarama-qarshi ma'noli komponentning yaxlit birlikka birlashuvi orqali yuzaga keladi va bu jarayon xalqning borliqni ikki qutblilik (dixotomiya) asosida idrok etish tamoyilini o'zida mujassam etadi. Tadqiqotda 60 ta o'zbek va 60 ta ingliz tilidagi antonimik frazeologizm tahlil qilinib, ularning struktur modellari, semantik guruhlari va milliy-madaniy asoslari aniqlangan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, ikkala tilda ham antonimiya orqali "butunlik", "kuchaytirish" va "qarama-qarshilik" kabi universal semantik funksiyalar ifodalansa-da, komponentlar tartibi, tanlanishi va obrazliligi har bir xalqning ijtimoiy-madaniy tajribasi, urf-odati va qadriyatlar tizimi bilan chambarchas bog'liq.
Kalit so'zlar: frazeologiya, antonimiya, antonim komponentli frazeologizmlar, lingvokulturologiya, milliy-madaniy dunyoqarash, o'zbek tili, ingliz tili, qiyosiy tilshunoslik.