"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
LUG‘AT VA LUG‘ATCHILIK HAQIDA NAZARIY QARASHLAR
“Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi, (PhD) Namangan davlat texnika universiteti
Annotatsiya
Maqolada lug‘atshunoslikning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni yoritilgan. Dastlab til va leksik qatlamning insoniyat hayotidagi ahamiyati hamda lug‘at tuzishga bo‘lgan ehtiyojning vujudga kelishi tahlil qilinadi. Shuningdek, lug‘at va leksikografiya tushunchalarining mazmun-mohiyati ochib berilib, shu soha olimlarining lug‘atshunoslikka oid ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida lug‘atshunoslikning nafaqat tilning lug‘aviy boyligini tizimlashtirish va izohlash, balki adabiy til me’yorlarini belgilash, til madaniyatini rivojlantirish, tarixiy-madaniy merosni saqlash hamda foydalanuvchi ehtiyojiga yo‘naltirilgan zamonaviy lug‘atlar yaratishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi asoslanadi. Maqola yakunida lug‘atshunoslikka mualliflik ta’rifi taklif etilib, uning fanlararo xususiyati va bugungi kundagi dolzarbligi yoritiladi.
Kalit so'zlar: lug‘atshunoslik, leksikografiya, lug‘at, leksik birlik, til madaniyati, adabiy til me’yorlari, leksik qatlam, lug‘at tuzish, tilshunoslik, lug‘at nazariyasi.