"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
XITOY VA O‘ZBEK TILLARIDA EKOTURIZM TERMINLARINING HOSIL BO‘LISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Mazkur tezis xitoy va o‘zbek tillaridagi ekoturizm terminlarining hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillarni chog‘ishtirma jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda terminlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi lingvistik va ekstralingvistik omillar tahlil qilindi. Xitoy va o‘zbek tillaridagi ekoturizm terminlari misolida ekologik siyosat, xalqaro terminologiya, tilning ichki imkoniyatlari hamda termin yasash usullarining terminologik tizim rivojiga ta’siri aniqlandi. Olingan natijalar ekoturizm terminologiyasining shakllanish jarayonini yoritish hamda xitoy va o‘zbek tillaridagi terminologik tizimlarni chog‘ishtirma o‘rganish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: ekoturizm terminlari, termin hosil bo‘lishi, lingvistik omillar, ekstralingvistik omillar, terminologiya, xitoy tili, o‘zbek tili, chog‘ishtirma tahlil.