"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TALABALARDA KOLLABORATIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK USULLARI: ILMIY MANBALAR TAHLILI
gulirano15@list.ru
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida kollaborativ madaniyatni shakllantirishga qaratilgan pedagogik usullar, yondashuvlar va ta’lim texnologiyalariga doir ilmiy manbalar tizimli tahlil qilinadi. Kollaborativ madaniyatning mazmuni talabalarning umumiy maqsad yo‘lida hamkorlik qilishi, jamoaviy mas’uliyatni his etishi, o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotni tashkil etishi, fikrlar xilma-xilligini hurmat qilishi, vazifalarni muvofiqlashtirishi hamda nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etishga tayyorligi bilan izohlanadi. Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish asosida kollaborativ madaniyatning kommunikativ, ijtimoiy-psixologik, qadriyatli-motivatsion, faoliyatli va refleksiv tarkibiy qismlari tavsiflanadi.
Kalit so'zlar: kollaborativ madaniyat, kollaborativ kompetensiya, talabalar, oliy ta’lim, hamkorlikda o‘qitish, jamoaviy faoliyat, pedagogik usullar, pedagogik fasilitatsiya, loyihaviy ta’lim, muammoli ta’lim, o‘zaro o‘qitish, tengdoshlar baholashi, raqamli ta’lim muhiti, refleksiya, kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy-psixologik omillar, xorijiy tajriba.