ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

G’ALLA EKINLARI FITONEMATODALARINI EKOLOGIK-STATISTIK VA MOLEKULYAR-GENETIK TAHLIL QILISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Himmatov, Navro’z Do’smurot o’g’li

Termiz Davlat Universiteti

2026-08-04 · pp. 22–24 · DOI: 10.5281/zenodo.21743145 · UDK 57

Annotatsiya

Maqolada g’alla ekinlari (bug’doy, arpa, sholi, makkajo’xori) agrosenozlaridan yig’ilgan fitonematologik materialni ilmiy tahlil qilishning zamonaviy ikki yo’nalishi – ekologik-statistik va molekulyar-genetik usullar – tizimli ravishda ko’rib chiqilgan. Nematodalarni trofik guruhlarga ajratish, yetuklik indeksi (Maturity Index) va tuproq oziqlanish tarmog’i indekslari (SI, EI, CI) yordamida agrosenoz holatini baholash imkoniyatlari, shuningdek real vaqt rejimidagi PZR va DNK-barkoding usullari asosida iqtisodiy ahamiyatli turlarni aniq identifikatsiya qilish yo’llari yoritilgan. Ikki yondashuvni uyg’unlashtirib qo’llash fitonematodalarning nafaqat tur tarkibini, balki tuproq-agrosenoz ekologik holatini ham xolis baholash imkonini berishi ilmiy asoslangan.

Kalit so'zlar: fitonematodalar, ekologik-statistik tahlil, molekulyar-genetik identifikatsiya, trofik guruhlar, yetuklik indeksi, DNK-barkoding, real-time PCR, tuproq sog’lomligi, bioindikatsiya, nematofauna.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi