"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SANOAT CHIQINDILARIDAN MOYNI PARAFINSIZLANTIRISH VA ERITUVCHILAR OLISH YOʻLLARI, TIF TN BOʻYICHA SINFLASH
Tovarlar kimyosi 1-kurs tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston sharoitida mavjud mahalliy uglevodorod xomashyolaridan samarali foydalanish, neft moylari tarkibidagi yuqori molekulyar parafinli birikmalarni ajratish hamda olingan mahsulotlar asosida lok-bo‘yoq sanoati uchun organik erituvchilar ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganilgan. Neft mahsulotlari tarkibidagi parafinli uglevodorodlar past haroratlarda moylarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yomonlashtirishi sababli ularni parafinsizlantirish muhim texnologik bosqich hisoblanadi. Tadqiqotda selektiv erituvchi yordamida parafinsizlantirish, kristallanish va ajratish jarayonlarining nazariy asoslari tahlil qilingan. Mahalliy xomashyo asosida olingan erituvchilarning lok-bo‘yoq materiallari tarkibida qo‘llanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mahsulotlarning kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohasidan kelib chiqib Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) asosida sinflash masalalari yoritilgan. Natijalar mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlar yaratishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: parafinsizlantirish, uglevodorodlar, neft moylari, mahalliy xomashyo, erituvchi, lok-bo‘yoq sanoati, selektiv ekstraksiya, TIF TN, organik birikmalar, kimyoviy sinflash.