"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
“CENTAUREA IBERICA ” O‘SIMLIGINING TARQALISHI VA DORIVOR XUSUSIYATLARI
Namangan davlat texnika universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada dorivor o‘simliklarning inson hayotidagi o‘rni, ularning tarixiy va zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Xususan, O‘zbekiston florasida keng tarqalgan dorivor o‘simliklar, ularning biologik xususiyatlari va ulardan oqilona foydalanish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida Asteraceae oilasiga mansub Centaurea iberica o‘simligi tanlanib, uning morfologik tuzilishi, ekologik moslashuvchanligi, tarqalish areali hamda xalq tabobatidagi qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mazkur o‘simlikning biologik faol moddalarga boyligi va istiqbolli dorivor manba sifatidagi ahamiyati asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: centaurea iberica, ko‘ztikan, flora, ksenofit, flavonoid, saponin.