"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
UMUMTA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KIMYOVIY SAVODXONLIK VA TABIIY FANLARGA OID KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARI
Quva IMI oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi
Annotatsiya
So‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bilimlarni oddiy o‘zlashtirishdan kompetensiyalarni shakllantirishga asoslangan ta’lim modeliga o‘tish dolzarb vazifaga aylandi. Kimyo fani tabiiy fanlar tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, eksperimental faoliyat, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilishda muhim o‘rin egallaydi. Mazkur maqolada kimyoviy savodxonlik tushunchasining mazmuni, uning tabiiy-ilmiy savodxonlik bilan uzviy bog‘liqligi hamda kompetensiyaviy ta’limdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, kompetensiyaviy yondashuv, PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlarida qo‘yiladigan talablar asosida kimyo fanini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: kimyoviy savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, kompetensiyaviy yondashuv, kimyo ta’limi, laboratoriya mashg‘ulotlari, STEAM, PISA, TIMSS, Inquiry-Based Learning, Project-Based Learning, raqamli texnologiyalar, virtual laboratoriya.