"ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
OLIY TA’LIM TALABALARIDA GENDER TENGLIK TUSHUNCHASINI RIVOJANTIRISHNING AHAMIYATI
ADPI tayanch doktorant
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida gender madaniyati tushunchasini takomillashtirishning ilmiy-nazariy va metodologik tamoyillari, psixologik va pedagogik vositalari hamda ta’lim samaradorligi uchun o‘rni ilmiy usular asosida yoritiladi. Ilmiy izlanishda gender madaniyatining ijtimoiy, psixologik va pedagogik yondashuvlari ko‘rib chiqiladi, oliy ta’lim tizimida gender kompetentligini takomillashtirishning zamonaviy usullari va innovatsion ta’lim yondashuvlarini tadbiq etishning ijobiy jihatlari ilmiy jihatdan isbotlanadi. Talabalarda gender tenglik prinsiplarini rivojlantirish o‘quv faoliyatining obyektivligini kafolatlash, kamsitilishni bartaraf etish, talabalar individual rivojlanishini kompleks taraqqiyotiga ko‘maklashishi qayd etiladi. Maqola ta’lim tizimining takomillashuvi jarayonida gender madaniyatining ahamiyati va uning ta’lim samaradorligiga ta’sir darajasini yoritishi bilan ilmiy-amaliy qiymat ifodalaydi.
Kalit so'zlar: gender madaniyati, gender tenglik, talabalar, pedagogik kompetensiya, gender stereotiplari, ta’lim sifati.